Har yili butun dunyoda 28 iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurashish kuni keng nishonlanadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad dunyo aholisining gepatit xastaligiga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirish va ularning ushbu kasallik haqidagi xabardorligini oshirishdan iborat.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyoda 325 millionga yaqin odam gepatit B virusi va kamida 200 million kishi gepatit C virusi bilan kasallanmoqda. 2020 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, har yili 500-700 ming kishi gepatit B infeksiyasi, 350 mingdan ortiq bemor gepatit C asoratlari tufayli vafot yetadi. Butunjahon gepatit alyansining 2021 yil iyul ma’lumotlariga ko‘ra, gepatit B va C virusi sababli har yili 1,4 million odam vafot etadi. Bu esa OIV/OITS va bezgakdan ko‘proq deganidir.
Bugun yurtimizda ushbu xavfli kasallikni o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, ularni davolash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan virusli gepatitlarni erta tashxislash, davolash hamda ularing profilaktikasi, aholining virusli kasalliklar haqidagi savodxonligini oshirishidagi tashabbuslar, shuningdek tumanlar bo‘ylab mobil tibbiy skrininglar va virusli gepatitlarning epidemiologik xolatni baholash, virusli gepatitlarining oldini oshlish va nazorat qilishda xalqlararo xamkorliklar o‘rnatish kabi loyixalar faol ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu dolzarb muammolarni bartaraf etishda albatta jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qo‘llaniladi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati