Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Shahrisabz shahar bo‘limi parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasi to‘g‘risida namunaviy
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasiningasosiy vazifalari
parazitar kasallik o‘choqlarida sanitariya-gigiyenik, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazish;
davolash-profilaktik muassasalari tibbiyot xodimlariga parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;
parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy boshqarmasi parazitologiya bo‘linmalari, ilmiy-tekshiruv institutlari va oliy va o‘rta tibbiyot o‘quv maskanlari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy va o‘quv seminarlarini tashkillashtirish va o‘tkazish;
parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish;
parazitar kasallik ko‘rsatkichlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
3-bob. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasining funksiyalari
ichak parazitozlari va transmissiv parazitar kasalliklarni chetdan kirib kelishi va tarqalishini, shuningdek respublikada uchraydigan tabiiy o‘choqli parazitar kasalliklarni qayd etilishini oldini olish yuzasidan o‘tkazilayotgan tadbirlar ustidan nazorat olib boradi va tashkiliy – uslubiy rahbarlik qiladi hamda yuqorida ta’kidlangan kasalliklar ro‘yxatga olinganda, epidemilogik o‘choqlarni qamrab olish va bartaraf etish bo‘yicha chora – tadbirlarda ishtirok etadi;
dezinfeksiya bo‘limi bilan hamkorlikda parazitar kasalliklar manbai va tarqatuvchilari ustidan nazorat va entomologik ko‘rsatmaga asosan ularga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi.
parazitar kasalliklar profilaktikasi va o‘choqlarda tabiiy o‘choqli kasalliklarning tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari ustidan tashkiliy-uslubiy nazorat o‘rnatib, kasallik holatlari aniqlanganda kasallik o‘choqlarini bartaraf qilinishida ishtirok etadi;
parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tegishli idoralar bilan hamkorlikda majmuaviy rejalar, dasturlar, buyruqlar ishlab chiqishda hamda EQKFK, SSB hay’at va sanepidkengash yig‘ilishlari materiallarini tayyorlashda ishtirok etadi;
parazitar kasalliklar profilaktikasi va tashxisoti bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman bo‘limlariga tashkiliy -uslubiy, shuningdek davolash-profilaktika muassasalari va idoraviy xizmatlarga profilaktik hamda epidemiyaga qarshi tayyorgarlik ishlarida uslubiy yordam ko‘rsatadi;
parazitar kasalliklar, jumladan, tabiiy o‘choqli yuqumli parazitar kasalliklar ustidan epidemiologik va epizootologik nazoratni tashkillash-tiradi;
parazitar kasallik tarqatuvchilarining o‘ziga xos mahalliy ekologiyasi, ularning turlari, mavsumiy ko‘payish dinamikasi va hududiy tarqalishini o‘rganadi;
amaldagi uslubiy-metodik hujjatlar asosida parazitar kasalliklar laboratoriya tashhisoti o‘tkazilishini tashkillashtiradi;
parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan chora – tadbirlarni tuman bo‘yicha taxlil qiladi;
parazitar kasalliklar bo‘yicha hisobot yuritilishida ishtirok etadi va kasallik holatlari va amalga oshirlgan chora-tadbirlar bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga xabarnoma tayyorlaydi;
SSVning buyrug‘i bilan tasdiqlangan maxsus dastur asosida Sanitariya-epidemiologiya xizmatining bo‘limlar, DPM, tegishli idora va tashkilotlar tibbiyot xodimlarini parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirishda ishtirok etadi;
parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi orasida targ‘ibot ishlarini tashkillashtirib o‘tkazishda ishtirok etadi;
pullik xizmat va budjet hisobidan parazitar kasalliklar laboratoriya tashhisoti va nazorat tekshiruvi hamda sanitariya –gelmintologik tekshiruvlarni amalga oshiradi;
parazitologik tekshiruvlar sifatining ichki va tashqi nazoratini amalga oshiradi;
parazitiologiya laboratoriyasi faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ib, saqlaydi va tahlil qiladi;
Parazitologiya bo‘linmalari qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
4-bob. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasininghuquqlari
o‘z faoliyat yo‘nalishlari davomida O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida” Qonuni va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi;
ish faoliyatini yaxshilash yuzasidan takliflar berish;
Sanitariya-epidemiologiyaxizmatining tuman bo‘limlarining boshqa bo‘linmalaridan ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish;
parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi bilimdonligini oshirish uchun targ‘ibot materiallarini (maqola, televideniya va radioga matn, eslatma varaqasi, buklet, plakat va h.k.) tayyorlashda ishtirok etish;
Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
5-bob. Parazitar kasalliklar bo‘lim va laboratoriyasining majburiyatlari
aholi o‘rtasida parazitar kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha davlat hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar ustidan o‘rnatilgan tartibda nazorat olib borish;
parazitar kasalliklar profilaktikasi masalasida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bilan ta’minlash va ijrosini nazorat qilish.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
14.Parazitar kasalliklar bo‘lim va laboratoriyasi Sanitariya-epidemiologiya xizmatini tuman bo‘limi tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi, uni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.