GRIPP

Gripp — bu nafas yo‘llarining o‘tkir virusli infeksiyasi bo‘lib, ayniqsa bolalar orasida tez tarqaladi. U mavsumiy holatda, ayniqsa kuz-qish oylarida ko‘p uchraydi.
⚠️ GRIPPNING ASOSIY BELGILARI:
🤒 Haroratning ko‘tarilishi
🤧 Burun bitishi yoki oqishi
😮 Yo‘tal, tomoq og‘rishi
😴 Holzsizlik, bosh og‘rishi, suyak va mushak og‘riqlari
🍽 Ishtahaning pasayishi, ko‘ngil aynishi ba’zi hollarda bolalarda qusish, ich ketishi, yoki tana toliqishi ham kuzatiladi.
🗣 Kasallik alomatlari paydo bo‘lsa, bolani uyda qoldirish va shifokorga murojaat qilish zarur. Grippning ilk belgilarida o‘zboshimchalik bilan dori ichish tavsiya etilmaydi.
Sanepidqo’mita Kitob tuman bo‘limi axborot xizmati