Bolangizni sil kasalligiga qarshi emlating!

✅Emlash bolaning immun tizimini mustahkamlaydi.
✅Kasallikka chalinish xavfini kamaytiradi.
✅Sog‘lom kelajak uchun ishonchli himoya yaratadi.

Sil — havo orqali yuqadigan xavfli yuqumli kasallik. Uni erta aniqlash va oldini olish uchun bolani BSJ vaksinasi bilan emlash juda muhim.

✅Asosan o‘pka zararlansa-da, suyak, buyrak va boshqa organlarga ham ta’sir qilishi mumkin.

‼️Kasallikning dastlabki alomatlari:

✅yo‘talning 2 haftadan ortiq davom etishi;

✅vaqti-vaqti bilan isitmaning ko‘tarilishi;

✅darmon qurib, tez charchash, ortiqcha ko‘p terlash;

✅ozib ketish;

✅ishtahasizlik;

✅ko‘krak qafasida og‘riq paydo bo‘lishi.

Sil davolanadigan kasallik, ammo erta tashxis qo‘yish juda muhim! O‘z sog‘lig‘ingizga e’tiborli bo‘ling va o‘zingizni asrang!

⚡️Sanepidqo’mita Axborot xizmati