Gazli ichimliklarning foydasi bormi

Gazli suv chanqoqni juda yaxshi qondiradi. Gazlangan suv me’da shirasining kislotaliligini oshirish zarur bo‘lgan hollarda bemorlarga xam buyuriladi va ovqat hazm jarayonini yengillashtiradi. Shuningdek, suvda gazning mavjudligi foydali mikroelementlarning uzoqroq turishiga imkon beradi, shu bilan birga zararli bakteriyalarni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday suvlar tarkibida suyaklar, mushaklar, tish emalining yaxlitligini saqlaydigan maksimal darajada foydali elementlar mavjud.
❗️Gazli ichimliklarning qanday zararlari mavjud?
🔹 Och qoringa mineral suv yoki gazli ichimlik ichish zararli. Bundan tashqari, bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar turli xil shakarli ichimliklarni taklif qilishadi. Shakar qo‘shilgan gazli suvning zararlari:
❗️ichimliklar semirishga olib keladi;
❗️tish emaliga zarar yetkazadi;
❗️diabet rivojlanishi xavfini oshiradi.
Sanepidqo’mita Kitob tuman bo‘limi axborot xizmati